Yaponiya uzoq yillardan buyon butun dunyo uchun ochiq mamlakat hisoblansa ham, shu kunga qadar xorijlik sayyohlar uchun kirish taqiqlangan joylarga ega. Bu joylar yapon imperatorlarining dafn qilingan joylari bo‘lib, u yerga mamlakat fuqarolari va olimlarga ham kirish taqiqlangan. Ular imperator kofunlari deb ataladi va qo‘rg‘onlar shaklida qurilgan, deb yozmoqda TravelAsk.

Foto: TravelAsk

Yaponiya hududida 10000 dan ortiq qabr qo‘rg‘onlar aniqlangan. Ular miloddan avvalgi III asrdan boshlab, milodning VII asriga qadar qurilgan. Mazkur qadimiy inshootlar asosan yarim aylana yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo qilingan. Milodning III asridan boshlab qurilgan klassik kofunlar esa qulf teshigi shakliga ega. Ko‘plab klassik kofunlar qurilgan milodning III—VII asrlari Yaponiya tarixida Kofun davri yoki qo‘rg‘onlar davri deb ataladi. Perimetri 200 metrdan ortiq bo‘lgan asosiy yirik kofunlar Nara vodiysida joylashgan Nara va Osaka prefekturalari yaqinida jamlangan.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Klassik kofun bir nechta darajadan iborat bo‘lib, darajalar soni unda dafn qilingan kishining maqomini ko‘rsatadi.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Maydoni bo‘yicha eng yirik va eng mashhur kofun Osaka prefekturasidagi Sakaida joylashgan imperator Nintokuning qabri hisoblanadi. Imperator Yaponiyani milodning IV asrida boshqargan. Kofunning uzunligi 486 metrni, balandligi 33 metrni tashkil qiladi. U yettita darajadan tashkil topgan va atrofi suvli chuqur bilan o‘ralgan. Tepalikning o‘zini o‘rmon qoplagan bo‘lib, u yerda hayvonlar ham yashaydi.