Angliya Kubogi. “Manchester Siti” 51 yil ichidagi eng yirik g‘alabasiga erishdi
6-yanvar, yakshanba kuni Angliya Kubogining 3-bosqichida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Roterhem” klubini 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu g‘alaba Premyer liganing amaldagi chempioni uchun Angliya Kubogidagi 1968-yildan buyon qayd etgan eng yirik natija hisoblanadi, deb yozadi Gracenote Live.
O‘shanda “shaharliklar” “Reding” ustidan xuddi shunday natija bilan g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar