Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6-yanvar kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.
2018-yilning 26-yanvaridan boshlab mazkur lavozimda mehnat qilib kelgan Salombek Habibullayev 1971-yil 26-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgandi.
1992-yili Toshkent davlat universitetini bitirgach, 1992—2018-yillarda hozirgi O‘zMUning “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasida assistent, tadqiqotchi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, axborot-tahlil departamenti boshlig‘i, O‘zbek—yapon markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgandi.
Izoh (0)