Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

7-yanvarning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6-yanvar kuni olamdan o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holati miokard infarkti natijasida yuz berganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Salombek Habibullayev 2018-yilning 26-yanvaridan ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgandi.

***

Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani Mang‘it shahrida istiqomat qiluvchi Alisher Yo‘ldoshyev eski “Zaporojets” avtomobilining korpusi asosida yangi avtomobil yig‘di.

Antiqa avtomobilni yaratishda Tiko’ning motori, Mazda’ning o‘rindig‘i, Malibu’ning ruli va orqa faralari, Captiva’ning old qoplamasidan foydalanilgan. Ixtirochi avtomobilga “Yagona” deb nom bergan.

***

Nukusda yo‘lovchi poyezdi qulog‘ida naushnik bo‘lgan 2002-yilda tug‘ilgan o‘smirni bosib ketdi.

2019-yil 5-yanvar kuni soat 13:45 da  Nukus shahri hududidan o‘tuvchi “Xo‘jayli-Nukus” temir yo‘li peregonining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli “Saratov-Urgench-Toshkent” yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga naushnik taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002-yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib olgan.

Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan.

***

Namanganliklar joriy yil 6-yanvar kuni yana gumburlagan ovoz eshitgan.

Bir necha marta takrorlagan bu ovoz qayerdan va nima sababdan kelayotganligi hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

***Donald Tramp va Robert De Nironi maftun qilgan, betakror ijrosi va go‘zalligi bilan dunyoda minglab muxlislar e’tiborini qozongan o‘zbek pianinochisi — Lola Astanova O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida o‘z chiqishi bilan jahon klassik musiqasi shinavandalarini shod etdi.

Lola Astanovaning Toshkentdagi chiqishi dirijer Vladimir Fedoseyev boshchiligidagi P.I.Chaykovskiy nomidagi katta simfonik orkestri konserti doirasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur konsert san’atga homiylik qilib keluvchi biznesmen Alisher Usmonovning Toshkent ahliga yangi yil sovg‘asi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?