O‘zbekistonda 443 turdagi mahsulotning import bojxona bojlari o‘rtacha 5—30 foizga oshdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
O‘zgarishlar oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va texnika mahsulotlarini qamrab oldi.
Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari orasida kichik — 5 foizli stavka quyultirilgan sut, qaymoq, qovurilmagan qahva va palma yog‘iga nisbatan joriy etildi.
Deyarli barcha kiyim-kechak uchun boj ikki baravar (10 dan 20 foizgacha) oshdi. Bojning foizlarda hisoblangan qiymati pasayishi mumkin bo‘lmagan bo‘lmagan minimum ham belgilandi — donasi uchun 0,2 dan 4 dollargacha.
Poyabzal uchun stavkalar ham ikki baravar ( 5 dan 10 foizgacha) ko‘tarildi. Bu yerda ham minimal qiymat belgilandi — donasi uchun 1,5 dollar.
Tuxum va saqich uchun 30 foiz miqdorida boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Idish-tovoq, mebel, ofis uchun tovarlar, maishiy texnika, avtomobil ehtiyot qismlari uchun ham bojlar salmoqli ravishda ko‘tarilgan.
Iport bojlarining pasayishi atigi 8 turdagi tovarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida traktorlar, yigirilgan ip, matolarning ayrim turlari bor.
Izoh (0)