O‘zbekistonda Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturlariga muvofiq kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Mazkur dastur kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamg‘arma mablag‘lari (Jamg‘arma stipendiyalari) hisobidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- ta’lim;
- fan va ilmiy tadqiqotlar;
- sog‘liqni saqlash;
- davlat boshqaruvi;
- iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
Izoh (0)