Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Magnitogorskdagi gaz portlashi oqibatida qulagan ko‘p qavatli uy podyezdi vayronalari ostidan fojiadan uch kun o‘tib 4 nafar tojikistonlik — ona va uning uch bolasi jasadi topildi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

“Rajabmo Isoyeva va uning uch bolasi jasadi topildi. Yaqinlari ularni tanishga ulgurdi”, — dedi Tojikistonning Yekaterinburgdagi bosh konsuli Safar Safarov.

Konsulning aytishicha, jasadlar 2-yanvar kuni kechki payt topilgan, biroq ularni tanish uchun yaqinlari faqat ertasiga taklif etilgan. Halok bo‘lganlar jasadini Tojikistonga jo‘natish masalasi yaqin kunlar ichida hal etiladi.

Oila boshlig‘i, Tojikistonning Xatlon viloyati, Kushoniyon tumanilik 26 yashar Shuhrat Ulfatov vayronalar ostidan birinchilardan bo‘lib topilgan va kasalxonaga yotqizilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar