Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gaz va boshqa yoqilgi turlarida ishlovchi qurilma hamda apparatlar majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotlar turlari qatoriga kiritilgan. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi ogohlantirgan.

Foto: “O‘zstandart” agentligi

Foto: “O‘zstandart” agentligi

Xususan, gazda holatida ishlovchi qurilmalar (suv isitish qozonlari, ovqat tayyorlash uchun pechlar, isitish tizimi qozonlari va boshqalar) Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yil 30- oktabrda tasdiqlangan “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi” to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq ishlab chiqarilishi belgilangan.

Ushbu texnik reglament ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi qurilmalar va ularni tarkibiy komponentlariga taalluqli hisoblanadi.

Texnik reglamentda gazda holatida ishlovchi qurilmalar uchun quyidagi yagona xavfsizlik talablari belgilangan:

Yong‘in va portlashga qarshi xavfsizlik talablari;

Elektr xavfsizlik talablari;

Mexanik va termik xavfsizlik talablari;

Ekologik xavfsizlik talablari.

Shu bilan birga, texnik reglamentda ushbu qurilmalar uchun xavfsizlik, boshqarish va rostlash moslamalariga alohida talablar o‘rnatilgan bo‘lib, har qanday gazda ishlovchi qurilmalar majburiy tarzda xavfsizlik moslamasi hamda boshqaruv va rostlash moslamalariga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, gazda ishlovchi qurilmalar, mazkur moslamalar ishdan chiqqan holatda ham xavfsizlik ta’minlab berilishi shart, deb ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, ushbu texnik reglamentda mazkur qurilmalar uchun foydalanishga (ekspluatatsiya) oid hujjatlar, tamg‘alash va o‘rab joylanishiga talablar o‘rnatilgan. Texnik reglamentda belgilangan barcha talablarga rioya qilingan taqdirda qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikati berilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)