Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko milliy go‘zallik tanlovi g‘olibasi Mariya Vasilevich bilan raqsga tushdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Lukashenko Minskdagi mustaqillik saroyida o‘tkazilgan birinchi yoshlar Respublika yangi yil balida ishtirok etdi. Kadrlarda Lukashenkoning ajoyib kayfiyat bilan mahoratli raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Tadbirda o‘qish, sport, jamoatchilik hayotida faol, shuningdek prezident jamg‘armasi stipendiatlari bo‘lgan qariyb uch yuz nafar yoshlar ishtirok etdi.

Balni ochib berar ekan, prezident ushbu jiddiy marosimlarning guvohi bo‘lgan saroy ilk bor yoshlar sababli norasmiy, bashang va tantanali ruhda ekanligini hamda mazkur tadbir barcha yoshlarga ularning mehnatsevarligi va tirishqoqligi uchun sovg‘a ekanini aytdi.

Yigirma yoshli Mariya Vasilevich milliy tanlovda 30 nafar raqibasini ortda qoldirib g‘olib bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi