Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va “Megafon”ning elektron tijorat sohasidagi qo‘shma korxonasi 2019-yil boshida ishga tushadi. Bu haqda USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz finishga yetib keldik. Kelgusi yildayoq bu korxona ishga tushadi degan umiddaman”, — ta’kidladi Usmonov.
Milliarderga ko‘ra, kelishuvni yakunlash uchun bir necha shartlar qabul qilinishi lozim edi. Jumladan, texnologik xavfsizlikni Rossiya resurslari hisobidan ta’minlash, shuningdek, Alibaba kompaniyasi texnologiyalaridan Rossiyada foydalanish imkoniyati. Qo‘shma korxona serverlari ham Rossiya hududida bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, 2018-yil sentabrida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi, Alibaba Group, Mail.ru va “Megafon” elektron tijorat sohasida Rossiya va MDHda eng yirik qo‘shma korxona bo‘lishi kutilayotgan AliExpress Russia qo‘shma korxonasi doirasidagi strategik hamkorlik haqida ma’lum qilgandi.
Izoh (0)