Ushbu harakatlar samarasida Malayziyaning “Serba Dinamik” kompaniyasi “Hazorasp” EIZ hududida to‘liq eksportga yo‘naltirilgan kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarish zavodini qurish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Umumiy qiymati 250 million AQSh dollariga baholangan loyiha yiliga 33 ming tonna kaustik soda va 30 ming tonna suyuq xlor ishlab chiqarish imkonini beradi. Korxonada yiliga 100 million dollarlik mahsulotlar ishlab chiqariladi.
2022 yilda ishga tushiriladigan korxona uchun “Hazorasp” EIZ hududidan 15 gektar yer maydoni taklif qilingan.
Korxonaning asosiy xomashyo manbai Qoraqalpog‘istondagi Borsakelmas tuz koni bo‘ladi. Borsakelmasdagi tuz zaxirasi 17,2 milliard tonnani tashkil etadi. Ikkinchi yirik kon Qo‘ng‘irot tumanidagi Qoraumbet tuz koni bo‘ladi.
Izoh (0)