Joriy yilning 27-dekabr kuni Jizzax shahar Oqqo‘rg‘onlik mahallasida yashovchi Q.E. uyida yoqilgan isitish pechining mo‘risi g‘isht bilan yopib qo‘yilganligi sababli undan chiqqan gaz isidan o‘zi va birga yashagan turmush o‘rtog‘i zaharlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada uning turmush o‘rtog‘i B.E. voqea joyida vafot etgan. O‘zi esa zaharlanganligi tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)