“Bavariya” klubi yarim himoyachsi Kingsli Koman avtohalokatga uchradi, deb xabar beradi TZ.
Nashrning yozishicha, voqea 23-dekabr kuni kechki vaqt Germaniyadagi trassalardan birida sodir bo‘lgan.
22 yoshli futbolchi sirpanchiq yo‘lda o‘zining McLaren 720s sportkarini katta tezlikda haydab, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina to‘siqqa borib uriladi. Shunga qaramay, mashina yana deyarli 150 metrga sirpanib boradi.
Avtohalokat natijasida hech kimga shikast yetmagan, futbolchi esa tibbiy yordamga ham muhtoj bo‘lmagan. Ammo Komanning qimmatbaho mashinasi katta zarar ko‘rdi.
Politsiya hisobotiga ko‘ra, futbolchi mast bo‘lmagan va yo‘l qismidagi tezlik chegarasini buzmagan. Biroq Koman YTH sodir etgani uchun jarimaga tortilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)