Moskva chegarachilari yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovni IShID jangarilari bilan adashtirib yubordi, deya xabar beradi Sputnik.
Nurmagomedov hamda uning do‘sti (u ham sportchi) barcha zaruriy tartib-qoidalarga muvofiq so‘roqqa tutildi va hech qanday shubhali narsa topilmagandan so‘ng qo‘yib yuborildi. Habib vaziyatdan norozi bo‘ldi, lekin shunga qaramay u chegara qo‘shinlari bilan suratga tushdi.
Avvalroq yengil vaznda UFC chempioni yil sportchisi deya e’tirof etilgandi. “Jamoatchilik fikrini o‘rganish” fondi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, bunday qarashni 5% respondentlar qo‘llab-quvvatlagan. Ro‘yxatdan, shuningdek, futbol bo‘yicha JCh—2018 da ijobiy natija qayd etgan Igor Akinfeyev va figurali uchish bo‘yicha sport ustasi Alina Zagitova joy olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)