Termiz shahridagi Mustaqillik maydonida 35,5 metrlik archa o‘rnatildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bayram kunlari Mannon Uyg‘ur nomidagi viloyat musiqali drama teatri, qo‘g‘irchoq teatri, shuningdek, ko‘plab badiiy jamoalar, folklor-etnografik ansambllarining dasturlari rejalashtirilgan.
Bayram oldidan Termiz Markaziy dehqon bozori, Mustaqillik maydoniga tutash at-Termiziy ko‘chasidagi saylgoh va barcha tumanlar markazida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgan.
Izoh (0)