Shimoliy Koreya neftni yashirin yo‘llar orqali import qilib, BMTning sanksiyalarini aylanib o‘tmoqda, deb xabar beradi NBC telekanali.
Ma’lum bo‘lishicha, kema va josus-samolyotlar doimiy kuzatuvida bo‘lgan KXDR chegaralari, Pxenyanning neft import qilish bo‘yicha logistikasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Shimoliy Koreya neftni o‘z chegaralaridan ancha uzoqda, ko‘pincha boshqa mamlakatlarning dengiz hududlarida kemadan-kemaga transportirovka qilib, mamlakatga olib kirmoqda.
Hisobotlarda qayd etilishicha, neftni shunday yo‘llar orqali import qilish bilan bog‘liq xarajatlar oshgan.
Ma’lumot uchun, 2017-yilining avgustida BMTning Xavfsizlik kengashi tomonidan KXDRga ko‘mir, temir va dengiz mahsulotlar eksportini butunlay taqiqlab qo‘ygandi. 2018-yilning sentabrida Shimoliy Koreyaga neft mahsulotlarini eksporti ham cheklab qo‘yilgan.
Izoh (0)