Yevropa Ligasi musobaqasining nimchorak final ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.
So‘nggi turda “Olimpiakos”ga mag‘lub bo‘lgan Italiyaning “Milan” klubi guruhda qolib ketdi.
Pley-offga o‘z guruhlarida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar yo‘l oldi. 1/16 final bosqichida ular safiga Chempionlar Ligasining 8 ta guruhidan uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qo‘shiladi.
Musobaqaning 1/16 final bosqichi juftliklari shu yilning 17-dekabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida o‘tkaziladigan qur’a jarayonida aniqlanadi.
Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati:
“Ayntraxt” F (Germaniya)“Arsenal” (Angliya)“Bayer” (Germaniya)“Betis” (Ispaniya)“Vilyarreal” (Ispaniya)“Genk” (Belgiya)“Dinamo” Z (Xorvatiya)“Dinamo” K (Ukraina)“Zalsburg” (Avstriya)“Zenit” (Rossiya)“Sevilya” (Ispaniya)“Chelsi” (Angliya)“Benfika” (Portugaliya)“Inter” (Italiya)“Napoli” (Italiya)BATE (Belarus)“Krasnodar” (Rossiya)“Latsio” (Italiya)“Malmyo” (Shvetsiya)“Rapid” (Avstriya)“Renn” (Fransiya)“Slaviya” Pr (Chexiya)“Sporting” (Portugaliya)“Fenerbaxche” (Turkiya)“Syurix” (Shveysariya)“Seltik” (Shotlandiya)“Olimpiakos” (Gretsiya)“Bryugge” (Belgiya)“Viktoriya” Pl (Chexiya)“Galatasaroy” (Turkiya)“Shaxtyor” (Ukraina)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)