Ukraina prezidentining matbuot xizmati Poroshenkoning “o‘limi” haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, deb yozadi “Zvezda”.
Avvalroq Yandex qidiruv tizimida Ukraina prezidenti haqida ma’lumot izlanayotganida uning 2018-yil 11-dekabr kuni vafot etgani haqidagi ma’lumot chiqib kelayotganligi ma’lum qilingan edi.
Ukraina prezidentining matbuot xizmati Poroshenko hayot va sog‘lom ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari, Poroshenkoning matbuot xizmati Ukraina prezidenti haqidagi yangiliklarni rasmiy saytda kuzatishga chaqirdi.
Izoh (0)