12-dekabrning asosiy yangiliklari — “Daryo” dayjestida.
Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.Yu. mast holda uyida birga yashagan onasi nafaqaxo‘r K.A.ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 10-dekabr kuni shu yerda vafot etgan.
***
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova singlisi Shahlo Ahmedovani litsenziyasiz qoldirgan klipiga munosabat bildirdi. “Shahloning bu klipi o‘zbek televideniyеsi uchun ishlangan klip emas edi… Video klip o‘zbek mentalitetiga to‘g‘ri kelmasligini hisobga olmaganda, ushbu klipning yomon tomonini ko‘rmadim”, — dedi u.
***
O‘zbekiston Prezidenti “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi. Shuningdek, 2019-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz barobaridan o‘n barobarigacha oshiriladi.
***
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bugun, 12-dekabr kuni 55 yoshni qarshi oldi. O‘zbek shou-biznesi vakillari bir kun avval xonandaning uyiga yig‘ilib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Ma’lumot uchun, Yulduz Usmonova 1963-yilning 12-dekabr kuni Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. San’atkorning otasi O‘raimoxun Usmonov va onasi Rahimaxon Akbarova Marg‘ilon ipak kombinatida ishlagan va sakkiz nafar farzandni tarbiyalagan. Yulduz Usmonova oilada oltinchi farzand.
***
Klivlendagi (AQSh) Lerner ilmiy-tadqiqot institutning olimlari go‘sht va jigar iste’mol qilish yurak-qon tomirlari kasalliklariga olib kelishini aniqladi. Olimlar mazkur mahsulotlarda yurak-qon tomir va insult xavfini keltirib chiqadigan bakteriya ovqat hazm qilish jarayonida paydo bo‘lishini aniqlagan.