Sotilgan aksiyalarning aksariyati qo‘shimcha pul mablag‘i talab etilmaydigan tayyor biznes sanaladi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.
Oktabr boshida “O‘zbekneftgaz” o‘zining profillanmagan aktivlarini sotishni boshladi. Bu kompaniya tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash va oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.Ro‘yxatga 156 ta aktiv kirgan. Shundan 17 tasi — kompaniyaning ustav kapitalidagi ulushi, qolgani respublika bo‘ylab bino va inshootlar. Aktivlar butun respublika bo‘ylab auksion savdoga qo‘yilgan.O‘tgan ikki oyda kompaniya oltita aktivini sotdi, shundan beshtasi — ko‘chmas mulk (bog‘ xo‘jaliklari, intensiv bog‘, asalarichilik xo‘jaligi) va bitta kompaniya ulushi.Agar ushbu obyektlar savdoga qo‘yilganidan so‘ng uch oy davomida sotilmasa, ular tadbirkorlarga bozor narxida bo‘lib to‘lash sharti bilan o‘n yil muddatga beriladi.“O‘zbekneftgaz” doim investor va tadbirkorlik subyektlariga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.