Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.Yu. mast holda uyida birga yashagan onasi nafaqaxo‘r K.A.ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada K.A. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 10-dekabr kuni shu yerda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.