O‘zbekistonlik deputatlar va jurnalistlar delegatsiyasi sobiq SSSR hududidagi uzoq tarixga ega atom elektr stansiyalaridan biri — Novovoronej AES faoliyati bilan tanishadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya 12-dekabr kuni Voronej viloyatining Novovoronej shahriga jo‘nab ketadi.
Uning tarkibidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi vakili, “Dunyo” axborot agentligi, “O‘zbekiston 24” teleradiokanali, qator internet-resurslarning jurnalistlari o‘rin olgan.
Novovoronej AES SSSR davrida qurilgan birinchi shunday inshootlardan bo‘lib, u Voronej aholisining 85 foizini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.