“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2018-yil 30-dekabrdan 2019-yil 3-yanvargacha mahalliy va tezyurar “Afrosiyob” poyezdlari chiptalariga chegirmalar joriy qilindi.
Chegirmalar quyidagicha belgilangan:
Pensionerlar, nogironlar, 1941—1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar uchun (ma’lumotnoma, guvohnoma taqdim etilgan holda) – 50 foiz;
Oliy o‘quv yurti talabalariga (guvohnoma taqdim etilgan holda) — 50 foiz;
Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, 18 yoshga to‘lmagan farzand ota yoki onasi bilan birga bo‘lganda) nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda — 30 foiz;
Jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari (4 kishi va undan ortiq buyurtma)ga, maktab, kolledj, va litsey o‘quvchilariga — 20 foiz.
Bayram oldi va bayram kunlari imkoniyati cheklangan shaxslar hamda jamoa bo‘lib sayohatga chiqqan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun alohida chiptaxona faoliyat ko‘rsatadi.