UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov agarda diskvalifikatsiyaga uchraydigan bo‘lsa, nima bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.
“Agar chetlatish 9 oy muddatni tashkil qilsa, unda o‘g‘lim ertalab mashg‘ulot o‘tkazadi. Ammo 3,5 soatdan ortiq shug‘ullanmaydi. Shuningdek, butun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz. Hozirda ko‘plab musulmonlar istiqomat qiladigan Malayziya va Indoneziyadan takliflar bor. Habib ham men ham ushbu davlatlarga borishni istaymiz. Qo‘shni — Ozarbayjon, bundan tashqari Turkmanboshi ham chaqirmoqda. Qirg‘iziston prezidentining shaxsan o‘zi mamlakatiga taklif qildi”,—deydi sportchining otasi Abdulmannop Nurmagomedov.
Qayd etish joiz, Habibga Konor Makgregor bilan jangdan so‘ng uyushtirgan janjali uchun ish ochilgan.
Izoh (0)