10-dekabr kuni Misr poytaxti Qohira shahrida og‘ir atletika bo‘yicha qizlar o‘rtasida xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik atlet oltin medalga ega chiqdi.
-55 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muattar Nabiyeva dast ko‘tarishda 90 kg, siltab ko‘tarishda esa 115 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini Muattar Nabiyevadan tashqari, Kumushxon Fayzullayeva, Dolera Davronova va Tursunoy Jabborovalar himoya qilmoqda.
Bugungi bahslarda Kumushxon Fayzullayeva (-64 kg) supachaga ko‘tarilsa, 12-dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi.
Izoh (0)