11-dekabr, seshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4 ta guruhida 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhida deyarli barcha masala hal bo‘lgan. Ikki yo‘llanma egasi aniq — “Atletiko Madrid” va “Borussiya D”. Yevropa Ligasiga esa “Bryugge” yo‘l olgan. Bugungi o‘yinlar esa faqatgina guruh g‘olibi nomiga aniqlik kiritib berishi mumkin.
“B” guruhida 1-o‘rin masalasini “Barselona” 13 ochko bilan muddatidan avval hal etgan. Kataloniyaliklar bugun 7 ochkosi bor “Tottenhem”ni qabul qiladi. “Shporlar” keyingi bosqichga chiqishi uchun g‘alaba qozonishi talab etiladi. Boisi 7 ochkoga ega “Inter” o‘z maydonida guruh autsayderi PSVni mehmon qiladi.
“C” guruhida bugun barcha yo‘llanmalar o‘z egasini topadi. Ayni damda 6 ochkoga ega bo‘lib turgan “Liverpul” 9 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilayotgan “Napoli” bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yinda Klopp shogirdlarini faqat g‘alaba qanoatlantiradi. Anchelotti shogirdlariga esa durang ham kifoya qiladi. 8 ochko bilan guruhda ikkinnchi o‘rinni band etib turgan PSJ safarda “Srvena Zvezda” mehmoni bo‘ladi. PSJning taqdiri ham o‘z qo‘lida, agar Tuxel shogirdlari safarda g‘alaba qozonsa hech qanday to‘siqsiz pley-offga chiqadi.
“D” guruhidagi o‘yinlar bir vaqtda — 22:55 da bo‘lib o‘tadi. Mazkur guruhda “Portu” birinchi o‘rin masalasini, “Shalke-04” esa ikkinchi o‘rinni hal etgan. “Portu” safarda “Galatasaroy” mehmoni bo‘ladi. Mezbonlar Yevropa Ligasiga yo‘l olish uchun guruh peshqadamini yutishga harakat qilib ko‘radi. Xuddi shu ishni “Lokomotiv” safarda “Shalke-04”ga qarshi o‘yinda takrorlashga harakat qilib ko‘radi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
6-tur bellashuvlari11-dekabr, seshanba“A” guruhi
“Bryugge”—“Atletiko M” 01:00
“Monako”—“Borussiya D” 01:00
“B” guruhi
“Barselona”—“Tottenhem” 01:00
“Inter M”—“PSV Eyndxoven” 01:00
“C” guruhi
“Liverpul”—“Napoli” 01:00
“Srvena Zvezda”—PSJ 01:00
“D” guruhi
Izoh (0)