UFC chempioni Habib Nurmagomedovning hayot yo‘li aks etgan avtobiografik kitobi 6 ta tilga tarjima qilinadi. Hozirda tarjima ishlari boshlanib ketgan. Bu haqda kitobning hammuallifi Zaur Kurbanov ma’lum qildi.
Yaqin vaqtlar ichida kitobning ingliz, arab, turk tillariga qilinayotgan tarjimalari yakunlanadi. Shuningdek, kitob xitoy, hind va portugal tillariga ham o‘giriladi.
Ma’lumot uchun, Habib 26-noyabr sanasida Khabib Time kitobi taqdimotini o‘tkazgandi. Kitob 300 sahifadan ko‘proq bo‘lib, u kecha, 10-dekabr sanasidan sotuvga chiqdi. Kitob ustida Habib va Zaur Kurbanov 2 yil davomida ishlagan.
Izoh (0)