Marhum san’atkor Inog‘om Odilovning farzandi — aktyor, rejissor Oybek Odilov xastalik tufayli bugun, 10-dekabr kuni olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi ma’lum qildi.

Foto: “O‘zbekkino”

Oybek Odilov ilk bor Zulfiqor Musoqovning “Ayol zoti” serialida tomoshabin nazariga tushgan. Rejissor sifatida “Osmon yaqin” filmini suratga olgan.

U mohir dublyaj aktyori sifatida ham o‘ziga xos ovoz sohibi edi.