Fransiyadagi norozilik aksiyalariga Moskvaning aloqadorligi to‘g‘risidagi bayonotlar bo‘hton hisoblanadi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Parijdagi hodisalar — Fransiyaning mutloq ichki ishi, Rossiya hech bir davlatning ichki ishlariga aralashmagan va aralashmoqchi ham emas.
Peskov Moskva Parij bilan aloqalarni rivojlantirishga juda katta ahamiyat qaratishini ta’kidladi.
“Buning ustida har ikkala tomon faol ishlamoqda. Fransiya suverenitetiga hurmat bilan yondashamiz, fransuz tomoni ham bu borada shunday yo‘l tutganda ulardan minnatdor bo‘lamiz”, — deya ta’kidladi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati Parijdagi ikki aktivist Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)