Malayziyada 16 yoshli o‘smir quvvat olayotgan smartfoniga naushnigini ulaganda, tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Hodisa Negeri-Sembilan shtatining Rembau shahrida yuz bergan. O‘quvchining onasi ma’lum qilishicha, u tongda polda yotgan o‘g‘lini ko‘rib, uni uxlayotgan gumon qilgan. Ishdan qaytganda esa uni uyg‘otishga harakat qilgan, shundan so‘ng shifokorlarni chaqirgan. Shifokorlar uning chap qulog‘ida kuyish alomatlarini ko‘rgan, jasad yorib ko‘rilgandan keyin esa o‘smir tok urishi oqibatida halok bo‘lganligi aniqlangan.
O‘smir quvvat olayotgan telefonga ulangan naushnikni taqqan holda uxlashga yotganligi ta’kidlanmoqda. Bolaning suratlari xavfdan ogohlantirish tariqasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatila boshlandi.
Izoh (0)