7-dekabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida javob uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Xususan, Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Melilla” klubini qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongan holda 1/8 finalga yo‘l oldi.

Bir kun oldin esa “Barselona” “Leonesa” klubini 4:1 hisobida yenggandi.

Shu tariqa 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

1/8 finalga quyidagi jamoalar yo‘l oldi:

  • “Valensiya”
  • “Leganes”
  • “Jirona”
  • “Sevilya”
  • “Vilyarreal”
  • “Barselona”
  • “Real Madrid”
  • “Atletik B”
  • “Xetafe”
  • “Espanyol”
  • “Atletiko M”
  • “Real Sosyedad”
  • “Valyadolid”
  • “Levante”
  • “Sporting Xixon”
  • “Betis”