2019-yilning sentabr oyidan boshlab, Lyuksemburg hukumati avtobus, tramvay va shaharlararo poyezdlarni bepul qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar bermoqda.

Foto: Espresso.TV

Jamoat transportini bepul qilishdan maqsad, Lyuksemburgda avtomobil keltirib chiqaradigan tig‘izlikni kamaytirish va ekologik vaziyatni yaxshilashdan iborat.

Ma’lumot uchun, Lyuksemburg shahrida 110 ming kishi istiqomat qiladi, lekin 400 ming kishi shaharga ishlash uchun o‘z avtomobillarida keladi.

Bepul jamoat transpotri jahon tajribasida uchrab turadi. Bepul jamoat transportiga ega bo‘lgan eng katta shahar aholisi 440 minglik Tallin hisoblanadi.