O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper 15—29-dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Ro‘yxatdan 27 nafar futbolchi o‘rin olgan. Quyida futbolchilar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar:

  • Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
  • O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)
  • Sanjar Quvvatov (“Nasaf”)
  • Javohir Ilyosov (“Metallurg”)

Himoyachilar:

  • Yegor Krimets (“Paxtakor”)
  • Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
  • Doston Tursunov (“Neftchi”)
  • Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
  • Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
  • Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”)
  • Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
  • Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:

  • Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
  • Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
  • Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
  • Dilshod Rahmatullayev (“Paxtakor”)
  • Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya)
  • Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
  • Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”)
  • Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
  • Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”)
  • Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”)
  • Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
  • Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
  • Sardor Rashidov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:

  • Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
  • Ivan Nagayev (“Qizilqum”)

Terma jamoa a’zolari 29-dekabr kuni O‘zbekistonga qaytib keladi. Keyin esa 2-yanvar kuni Osiyo Kubogida qatnashish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga uchib ketadi.