Rossiyaning Volgograd viloyatidagi Baxtiyarovka qishlog‘ida chorvachilik fermasida O‘zbekiston fuqarosi tojikistonlik hamkasbining boshini kesib tashladi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Erkaklar ish vaqtida bahslashib qolgan, so‘ng munosabatlarini aniqlashtirib olish uchun og‘ilxonaga borgan.

O‘zaro haqoratlardan so‘ng 36 yoshli o‘zbekistonlik 51 yoshli tojikistonlikka pichoq bilan zarbalar bergan. So‘ng jinoyat izlarini yashirish uchun u marhumning boshini kesib olib, pechga tashlagan, tanasini esa og‘ilxonadan tashqariga chiqarib, pichan g‘aramiga yashirib qo‘ygan.

Keyinroq O‘zbekiston fuqarosi o‘z qilmishi haqida boshqa sherigiga aytib bergan va undan buni sir saqlashni so‘ragan, ammo sherigi bu haqda ferma xo‘jayiniga va huquq-tartibot organlariga darhol xabar bergan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, u ruhiy jihatdan sog‘lom emas, chunki hamkasbining boshini pechga tashlashini u marhumning undan ko‘z uzmay turishi asabiga tekkani bilan izohlagan.