Toshkent farmatsevtika instituti vakillari Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universitetiga tashrif buyurdi. Ular ta’lim dargohidagi kutubxona, kafedralar, laboratoriya xonalari, o‘quv jarayonlari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun mo‘ljallangan hudud hamda moddiy texnik bazalari bilan yaqindan tanishdi, deb yozadi O‘zA.
Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti va Toshkent farmatsevtika instituti o‘rtasida memorandum imzolandi. “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, masofaviy malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yib, tez orada professor-o‘qituvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda darslar tashkil etiladi.
Tashrif so‘nggi Toshkent farmatsevtika institutida Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda fakultet tashkil etish hamda ushbu fakultet bitiruvchilariga ikkita diplom taqdim etilish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Izoh (0)