Italiyada 120 ming shifokor va veterinarning 24 soatlik ish tashlashi sababli minglab operatsiya kechiktirildi. Bu haqda 23-noyabr kuni ANSA xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Shifokorlar sog‘liqni saqlash davlat sektorining moliyalashtirilishini ko‘paytirish va o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon yangilanmagan jamoa shartnomasini yangilashni talab qilmoqda.
Kasaba uyushmalari mazkur sektor hozirda “kollaps chegarasida” deb hisoblamoqda.
Shu bilan bir vaqtda, Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Julia Grillo hozirda 2019—2021-yillar mobaynida shartnomalarni yangilashga doir va’dalarni bajarish uchun moliyaviy resurslar yetarli ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)