Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida 21-noyabr kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda mamlakat maxsus topshiriqli bo‘linmasi harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, to‘rt nafar tinch aholi vakili yaralandi. Bu haqda IANS agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hindistonning turli kuch tuzilmalari Shopian okrugida qo‘shma operatsiyani amalga oshirayotgan edi. U yerda, mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar guruhi yashiringan.
Otishmalar davomida bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganligi va to‘rt nafar jangari yo‘q qilinganligi ma’lum qilinmoqda.
Maxsus operatsiyadan keyin yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda uch nafar qiz va bir nafar yigit jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh (0)