Putin uzoq parvozlar davomida hujjatlar bilan ishlaydi, mutoala qiladi va OAVlari dayjestlarini ko‘zdan kechiradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“U hujjatlar bilan ishlaydi. Axir prezident matbuot xizmati va ma’muriyati har kuni chiqaradigan prezident farmonlari, buyruqlari birinchi prezident tomonidan imzolanishi kerak… Ba’zan u uchun tayyorlangan televizion dayjestlarni tomosha qiladi, OAV dayjestlarini o‘qiydi”, — dedi Peskov telekanal efirida.
U badiiy adabiyot o‘qish uchun prezidentning vaqti kam qolishini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)