Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu qaror bilan O‘zbekiston Respublikasiga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarga kelib chiqish to‘g‘risidagi sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar alohida belgilandi.
Shuningdek, tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha ekspertiza hamda ushbu ekspertiza natijasida dalolatnoma tuzish muddati qisqartirildi.
Izoh (0)