Hindistondagi Amity University xususiy universiteti rektori Atul Chauxan boshchiligidagi delegatsiya 17–19-noyabr kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tashrif doirasida O‘zbekistonda Amity University universiteti filialini tashkil etish masalalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mehmonlar Toshkent shahridagi Inha hamda Vestminster universitetlarida bo‘lib, mazkur oliy ta’lim dargohlarida yaratilgan sharoit, ta’lim tizimini isloh qilish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishadi.
Hindiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, 19-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiyaviy forumda ham ishtirok etadi.
Amity University’ning Nyu-York, London, Dubay, Singapur, Xitoy va JARda filiallari bor. Xalqaro reytinglarga ko‘ra, Amiti universiteti dunyoning eng nufuzli 1000, Osiyoning esa 300 oliy o‘quv yurti qatoriga kiradi.
Izoh (0)