Buxoro muhandislik-texnologiya instituti mutasaddilari oliy o‘quv yurti domlasi darsga galstuk taqib kelmagan talabalarni shapaloq bilan “siylagani”ga izoh berdi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.

Foto: “Dasturxon.com”

“Video ancha avval suratga olingan. Hodisadan so‘ng surishtiruv o‘tkazilib, bunga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchi ishdan chetlatilgan”, — deya ma’lum qildi institut qabulxonasi xodimlari.

Telegram’dagi “Podslushano v Buxare” guruhiga ko‘ra, hodisa shu yil 6-mart “Yengil sanoat”  fakulteti talabalari bilan sodir bo‘lgan. Talabalarga qo‘l ko‘targan “Oliy matematika” kafedrasi dotsenti R.M. bilan tuzilgan mehnat sharnomasi rektor buyrug‘i bilan bekor qilingan, bir qator mas’ul xodimlarga hayfsan berilgan.

Foto: “Podslushano v Buxare”

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan.