Innovatsion g‘oyalar haftaligi InnoWeek—2018 da eng yaxshi innovatsion loyiha nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Smart Chain kompaniyasi O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va muzeylar faoliyatini yanada yaxshilash borasida innovatsion yondashuvlarni taklif etdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.
Nazzar — innovatsion ilova bo‘lib, istalgan materialni to‘ldirilgan reallik elementlari bilan boyitishi mumkin. Smartfon Nazzar belgisiga yo‘naltirilsa, mobil qurilma ekranida real obyektning tasviri chiqib, u turli effektlar bilan to‘ldiriladi.
Smart Chain kompaniyasi mutaxassislari taklif etgan innovatsion ilovalar orqali mamlakatning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, hamda muzeylarni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish mumkin. Ushbu kartochkalarga smartfonni yaqinlashtirish orqali tarixiy obyektlarni “gavdalantirish”, lavha fonida audiomatnni eshitish yoki uni 3D realligida tomosha qilish mumkin.
Bu bo‘yicha mazkur kompaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamkorlikda to‘rt tomonlama memorandum tuzishga kelishib olindi.
Izoh (0)