O‘zbekiston Bosh prokurorining 2018-yil 7-noyabrdagi buyrug‘iga asosan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ulug‘bek Qosimov 1983-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2005-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005-yilda Denov tuman prokuraturasida boshlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Qumqo‘rg‘on tumani prokurori, Muzrabod tuman hokimi sifatida faoliyat yuritgan.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Denov tumani hokimi bo‘lgan.