Ukraina poytaxtining Solomensk tumanida Mazda CX-7 mashinasi yer osti o‘tish yo‘liga kirib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Voqea 11-noyabr kuni ro‘y berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Mazda Solomensk maydoni tomon ketayotgan paytda haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, uning oqibatida yer osti yo‘liga kirib ketgan.
Voqeaning sabablari aniqlanmoqda. Hech kim zararlanmagan.
Izoh (0)