• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sho‘rchining “Yakkabog‘” mahallasi aholisi bir oydan beri chiroqsiz yashamoqda

    Sho‘rchi tumanidagi “Yakkabog‘” mahallasi aholisi bir oydan beri chiroqsiz yashamoqda. XX asrning 50–60-yillarida o‘rnatilgan podstansiyadan 150 dan ortiq xonadon, ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi, do‘konlar foydalanib kelardi, deya xabar beradi Turon24.

    Foto: Turon24

    Foto: Turon24

    Gaz quyish shoxobchasi hududida o‘rnatilgan 2204-raqamli podstansiya kuchli kuchlanish natijasida yonib ketgan. “Yong‘in shoxobchaga o‘tib ketib, portlash yuzaga kelmasligi uchun jonimizni xatarga qo‘yib olovni o‘chirganmiz”, — deydi mahallada yashovchilardan biri.

    Mahalla raisi Olim Boyto‘rayevning aytishicha, aholi nomidan podstansiyani ta’mirlash yoki o‘rniga boshqasini o‘rnatib berishlarini so‘rab bir necha bor viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga hamda “O‘zbekenergo” AJ rahbariyatiga murojaat qilgan. Lekin ushbu idoralarning hech biri muammoni hal qilib bermagan.

    Surxondaryoda so‘nggi kunlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelmoqda. Nafaqat chekka qishloqlarda, balki shahar va tuman markazlarida ham chiroqning tez-tez o‘chib qolishi kuzatilayapti.

    Termiz tumani Salovot mahallasida yashovchi Usmon Normatovning aytishicha, mahallada har kuni kechki oltidan sakkizga qadar chiroq bo‘ladi. Kokildorota mahallasida istiqomat qiluvchi Ma’mur To‘xtasinov esa elektr energiyasining quvvati juda pastligidan kechki paytlarda ikki qadam naridagi kishini ham tanib bo‘lmasligini, televizor, muzlatkich yoki konditsoner umuman ishlamasligini aytadi.

    Mahalla fuqarolari mas’ul idoralarga bir necha bor murojaat qilgan. Hatto bir guruh odamlar tuman mutasaddilari bilan uchrashgan. Ammo muammo muammoligicha qolavergan.

    Turon24 ning tuman elektr tarmoqlari bo‘limi boshlig‘i Erkin Tursoatov bilan bog‘lanishlari ham samarasiz kechdi. Bosh muhandis Nurmahmat Ro‘ziqulov esa buni “odamlarning sabrsiz bo‘lib borayotgani” bilan izohladi. “Bir necha yildan beri qishki mavsumda shu ahvol, vaziyat 2019-yilga borib yaxshilanishi kutilmoqda, odamlar shungacha sabr qilishmayapti”, — dedi bosh muhandis.

    “Surxondaryoda hech bir joyda chiroq o‘chmaydi. Sho‘rchidagi holatga esa endigina to‘rt kun bo‘ldi, ikki kunda hal bo‘ladi”, — dedi viloyat elektr tarmoqlari korxonasining texnik masalalar va ekspluatatsiya bo‘yicha direktori Abror Aliyev yuzaga kelgan vaziyatga izoh berib. U Turon24 muxbirining boshqa savollariga javob berishdan qochib, “hammasini bundan olasiz” deya muxbirning qo‘liga qisqacha ma’lumotnomani tutqazgan. Ma’lumotnomada qayd etilishicha, "Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ joriy yilning 9 oyi davomida 25 mlrd so‘mlik ish bajargan…

    07.11.2018, 23:53   Izoh (0)   19207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda terim pulini vaqtida to‘lamagan bank xodimlari javobgarlikka tortildi

    07.11.2018, 23:33

    Samarqandda tashkil etilgan Hadis ilmi maktabida “hadisshunoslik” bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi

    07.11.2018, 23:20

    Popda alimentdan 31 mln so‘m qarzi bo‘lgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. U 2009-yildan beri aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan

    07.11.2018, 23:08

    Abdulaziz Oqqulov Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga vaqtincha rahbar bo‘ldi

    07.11.2018, 22:52

    Nukus muzeyining Do‘stlar jamg‘armasi 2018-yilning yakuniga kelib tarqatib yuboriladi

    07.11.2018, 20:54

    Endilikda GM Uzbekistan avtomobillarini onlayn rejimda xarid qilsa bo‘ladi

    07.11.2018, 20:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34

    Sherzodxon Qudratxo‘jani kamsitgan bloger jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.