Ekvadorning chakalakzor o‘rmonida orqasida “bo‘ri boshga” ega bo‘lgan o‘rgimchaksimon gibrid topildi. Uning suratlari Science Alert tomonidan namoyish etildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Suratni araxnolog Andreas Key namoyish etgan. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mavjudotni ilmiy nuqtai nazardan o‘rgimchak deb atab bo‘lmaydi. U araxnidlarning Metagryne bicolumnata turiga kiritilgan.
O‘rgimchaksimon mavjudot sakkizta katta oyoqqa ega. Odatiy tananing o‘rniga u “bo‘rining boshini” olib yuradi. O‘rgimchakning tanasida quloqni eslatuvchi ikkita o‘simta, sariq nuqtalar — ko‘zlar va hatto “burun” ham mavjud.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu mavjudotlar umuman xavfsiz va zaharga ega emas. Ular Yerda 400 million yil avval, dinozavrlarning asosiy qismi paydo bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan. Bu o‘rgimchaksimonlar yovvoyi tabiatda juda kam uchraydi, ular birinchi marta 1959-yilda aniqlangan.
Izoh (0)