Xo‘jand davlat universitetida “O‘zbek tili va adabiyoti” fakulteti qayta tashkil etildi. So‘nggi yillarda fakultetga talab kamligi tufayli u sharq tillari fakultetida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘limiga aylantirilgan edi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
Xo‘jand davlat universiteti Tojikiston va O‘rta Osiyodagi qadimiy universitetlardan biri sanaladi. U 1932-yili o‘rta maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlash kursi asosida tashkil etilgan bo‘lib, sho‘rolar davrida S.I.Kirov nomidagi pedagogika instituti deb atalardi.
Tojikiston mustakilligining ilk yillarida institut unversitetga aylantirildi va bugungi kunda 10 mingdan ortik talaba bakalavr, magistratura, doktoranturada 76 kafedra, 16 fakultetda ilm olmoqda. Unversitetda 776 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 36 nafari fan doktori, 207 nafari fan nomzodi, 239 nafari katta o‘qituvchilar. O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchilari O‘rta Osiyo, Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
Izoh (0)