Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashagan A.D.ning uyida 5-noyabr kuni yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in natijasida uyning 2 kvadrat metr maydonida pol qismi yongan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
“Yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)