Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2018—2019-yillarda Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish sekinlashishini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bu mintaqada budjet konsolidatsiyasi zaruratini aks ettiradi. 2019-yilda konchilik sohasidagi daromadlarning pasayishi va inflyatsiyaning o‘sishi sharoitida o‘sish sur’atlari 4,2 foizga pasayishi kutilmoqda. Shunga qaramasdan, hisobotda ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda pul jo‘natmalari hajmi tiklanishda davom etadi.
O‘zbekistonda o‘sish sur’atlari 2017-yilgi 5,3 foizdan 2018-yilda 5 foizgacha, 2019-yilda esa 4,5 foizgacha pasayishi mumkin. Bunga inflyatsiya va savdo balansi defitsitining oshib borishi oqibatida aholi real daromadlari o‘sishining sekinlashuvi sabab bo‘lishi ma’lum qilinmoqda.
Qozog‘istonda neft qazib olishdan daromadning pasayishi oqibatida 2017-yilgi 4,1 foizdan 2018-yilda 4 foizgacha va 2019-yilda 3,5 foizgacha sekinlashuvi kutilmoqda.
Qirg‘izistonda 2019-yilda iqtisodiyot o‘sishi 3,2 foizga yetadi. Bu 2018-yilgi darajadan biroz ortiqdir.
Tojikistonda 2017-yilda erishilgan natija bilan taqqoslaganda, 2018-yilda o‘sish sur’atlari 6,1 foizga, 2019-yilda 5,0 foizgacha sekinlashuvi kutilmoqda.
Turkmanistonda yirik tarkibiy islohotlar mavjud bo‘lmaganligi sharoitida o‘sish sur’atlari 2017-yil bilan taqqoslanganda 2018-yilda 6,2 foiz va 2019-yilda 5,6 foizgacha sekinlashadi.
Izoh (0)