Qo‘shma Shtatlar Yaman mojarosining barcha tomonlarini jangovar harakatlarni to‘xtatish va neytral hududda BMT boshchiligida muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda AQSh kotibi Maykl Pompeo tomonidan 30-oktabr kuni tarqatilgan bayonotda so‘z yuritiladi, deb yozadi “TASS”.
“Jangovar harakatlar, jumladan, Saudiya Arabistoni va BAAga xusiylar nazorati ostidagi hududlardan raketa va uchuvchisiz uchar qurilmalar zarbalarini to‘xtatish vaqti keldi. Bundan tashqari, Yamanning barcha aholi yashovchi hududlarida Saudiya koalitsiyasi aviazarbalari to‘xtatilishi lozim”, — deya ta’kidladi Pompeo.
“BMTning Yaman bo‘yicha bosh kotibi maxsus elchisi boshchiligidagi muzokaralar noyabr oyida uchinchi mamlakatda bo‘lib o‘tishi va mojaro doirasida yuzaga kelgan asosiy muammolarga javob topish, mamlakatlar chegaralarini qurolsizlantirish, shuningdek, barcha yirik qurol-aslahalarni xalqaro nazoratga topshirish bo‘yicha choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutishi lozim”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)